AsosiyJamiyat

Toshkent islom institutida ijodiy imtihon bo`lib o`tdi

'Toshkent islom institutida ijodiy imtihon bo`lib o`tdi'ning rasmi

Toshkent islom institutida kunduzgi ta`lim yo`nalishi bo`yicha Arab tili fanidan ijodiy imtihon bo`lib o`tdi. Bu haqda Din ishlari bo`yicha qo`mita Axborot xizmati ma`lum qildi.

Abiturientlar karantin talablari asosida imtihonga qo`yildi.

Toshkent islom instituti rektori Uyg`un G`afurov ijodiy imtihonni kirish so`zi bilan ochib berdi.

Imtihonni Din ishlari bo`yicha qo`mita, O`zbekiston musulmonlari idorasi, qabul hay`ati a`zolari va turdosh tashkilot vakillari  kuzatib bordilar.

Ma`lumot uchun, 2021-2022 o`quv yili uchun kunduzgi ta`lim bo`yicha Toshkent islom institutiga 242 nafar yigitlar va 39 nafar ayol-qiz abiturientlar hujjat topshirgan.

Eslatib o`tamiz, ertaga, 29 iyul kuni Aqoid-fiqh va O`zbekiston tarixi fanlaridan test sinovi bo`lib o`tadi.

Mandat 30 iyul kuni e`lon qilinadi.

 

    Boshqa yangiliklar