AsosiyJamiyat

Namanganda fuqaro qasddan o`ldirilib, daryoga tashlandi. Qotillar uning mashinasini o`g`irlab ketgan

'Namanganda fuqaro qasddan o`ldirilib, daryoga tashlandi. Qotillar uning mashinasini o`g`irlab ketgan'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Norin daryosidan topilgan jasadning o`limiga kaltaklanishi sababmi yoki 58 minutda etib kelgan tez yordam mashinasimi” nomli videoxabar tarqaldi. Holat yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy munosabat bildirdi.

27 iyul kuni soat 05:50 larda 102 qisqa raqamiga Uchqo`rg`on tumanida yashovchi B.N. qo`ng`iroq qilib, shu tumanda yashovchi 1992 yilda tug`ilgan A.S. jiyanini noma`lum shaxslar tomonidan qasddan o`ldirilib, tumandagi Eshonto`pi MFY xududidan oqib  o`tuvchi, “Norin” daryosi qirg`og`iga tashlab ketilganligi va uning boshqaruvida bo`lgan “Spark” rusumli avtomashinasini olib qochib ketilganini ma`lum qilib, noma`lum shaxslarni topishda hamda ularga nisbatan qonuniy chora ko`rishda yordam so`ragan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi o`ta og`ir jinoyatlarni tergov qilish bo`limi tomonidan 2021 yil 27 iyul kuni O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “i” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida 2021 yil 26 iyul kuni soat taxminan 18:30larda Uchqo`rg`on tumanida yashovchi 1962 yilda tug`ilgan N.M. turmush o`rtog`i N.G. bilan birgalikda tomorqa eriga ekilgan mosh va sholi ekinlaridan xabar olib kelish uchun, ketayotgan vaqtida “Norin” daryosi dambasida oq rangli “Spark” rusumli avtomashinasining chap oldi eshigi oldida yoshi taxminan 20-25 yoshlardagi noma`lum shaxs turganligini, daryo bo`yiga esa ikki nafar shaxs tushib ketganligini ko`rganliklari aniqlangan.

         Shuningdek tezkor qidiruv tadbirlari natijasida shu kuni soat 22:36da jabrlanuvchi A.S. boshqaruvida bo`lgan “Spark” rusumli avtomashinaning old chap tomon baloni havo qo`yib yuborganligi sababli, 2 nafar noma`lum shaxslar Mingbuloq tumani, Gulbog` MFY xududida joylashgan do`kon oldida qoldirib, o`zlari noma`lum tomonga qarab ketganliklari shu erdagi mavjud kuzatuv kamerasiga qayd etilganligi aniqlangan.

         Avtomashinani ko`zdan kechirish davomida 18 dona yaroqli qo`l barmoq izlari aniqlandi. Kuzatuv kameralaridan olingan tasvirlar yordamida ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs Uchqo`rg`on tumanida, uning sherigi esa Andijon  viloyatida yashashi ma`lum bo`ldi. Gumondorlar Toshkent shahar xududidan ushlangan.

    Boshqa yangiliklar