AsosiyJamiyat

Milliy gvardiya xizmatchisining mol-mulkiga etkazilgan zararni qoplash tartibi belgilandi

'Milliy gvardiya xizmatchisining mol-mulkiga etkazilgan zararni qoplash tartibi belgilandi'ning rasmi

Hukumat qarori  bilan Milliy gvardiya xarbiy xizmatchisining (xodimining) yoki uning yaqin qarindoshlari mol-mulkiga uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog`liq holda etkazilgan zararning o`rnini qoplash tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko`ra, Milliy gvardiya xarbiy xizmatchisining (xodimining) yoki uning yaqin qarindoshlari mol-mulkiga etkazilgan zararning o`rni harbiy xizmatchining xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida etkazilgan taqdirdagina qoplanadi.  

 Zarar o`rnini qoplash masalasini ko`rib chiqish uchun Milliy gvardiya organlarida komissiyalar tuziladi.  

Shunga ko`ra, xarbiy xizmatchi (xodim) yoki uning yaqin qarindoshlari zarar o`rnini qoplash uchun Milliy gvardiya organlari rahbariga bildirgi (ariza) bilan murojaat qiladi.

Zarar o`rnini qoplash to`g`risidagi masala 10 kun ichida, qo`shimcha hujjatlarni o`rganish talab etilganda esa 20 kun ichida ko`rib chiqiladi.

Komissiya qarori 3 kun muddatda manfaatdor shaxslarga – xarbiy xizmatchi (xodim) yoki uning yaqin qarindoshlariga etkaziladi.

Komissiya qarori qabul qilingach, Milliy gvardiya organlari tomonidan 10 kun muddatda manfaatdor shaxslarga – xarbiy xizmatchi (xodim) yoki uning yaqin qarindoshlariga etkazilgan zarar qoplab beriladi.

    Boshqa yangiliklar