O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun, 29 iyul kunduz kuni O`zbekistonda havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida ba`zi joylarda qisqa muddati yomg`ir yog`ishi momoqaldiroq bo`lishi mumkin. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba`zi joylarda changli bo`ron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 32-37° ni tashkil etadi.
Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 33-35° atrofida bo`ladi.
Farg`ona vodiysi viloyatlarining tog` oldi xudutlarida ba`zi joylarda qisqa muddati yomg`ir yog`ishi momoqaldirok bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba`zida esa 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 23-28° bo`ladi.






