O`zbekiston laboratoriyalari “Puteshestvuyu bez COVID-19” ilovasiga qo`shildi, bu haqda ushbu servisni ishlab chiqqan Evrosiyo taraqqiyot bankining Raqamli tashabbuslar jamg`armasi xabar bermoqda.
PZR testini 87 punktda topshirish mumkin. Foydalanuvchilar dasturdagi eng yaqin punktlarning to`liq ro`yxati bilan tanishishlari mumkin.
2021 yil 1 sentyabrdan boshlab Rossiyaga Ozarbayjon, Moldova, O`zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston hududlaridan kelganlar uchun “Puteshestvuyu bez COVID-19” ilovasidan foydalanish majburiy bo`ladi.
Bugungi kunda ushbu ilovadan Rossiyaga kelishda Evroosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga a`zo mamlakatlar: Armaniston, Belarus, Qozog`iston va Qirg`iziston tomonidan faol foydalanilmoqda. Foydalanuvchilar ushbu dasturni 530 ming martadan ko`proq yuklab olishgan va u orqali 600 mingdan ortiq PZR-test natijalarini olishgan.
Keyinchalik ilovada aks etishi uchun tahlillarni 1942 punktda topshirish mumkin. Armanistonda 62 ta, Belarusda — 48 ta, Qozog`istonda — 424 ta, Qirg`izistonda — 144 ta, Rossiyada -1100 ta, Tojikistonda — 77 ta va O`zbekistonda — 87 ta punktlar ochilgan. IlovaniApp Store, Google Play va AppGallery (Huawei ilovalar do`koni) da yuklab olish mumkin.
Ilovaning vazifasi koronavirus pandemiyasi sharoitida fuqarolarning mamlakatlar o`rtasida erkin va xavfsiz harakatlanishini ta`minlashdan iborat. Raqamli echim kasallik tarqalish xavfini kamaytiradi va davlatlararo darajada ishonchli boshqaruv tizimini ta`minlaydi.
Shu bilan birga, dasturning o`ziga xosligi shundaki, transchegaraviy ma`lumotlar almashinuvi paytida fuqarolarning shaxsiy ma`lumotlari uzatilmaydi.
Barcha ma`lumotlar faqat test o`tkazilgan milliy darajada qoladi. Natijada, shaxsiy ma`lumotlarni qayta ishlash faqat milliy qonunlarga muvofiq amalga oshiriladi.






