Davlat veterinariya xizmati hamda IIB Karantin bo`limi xodimlari hamkorligida tashkil etilayotgan reyd tadbirlari davom etmoqda.
Tadbir doirasida Navoiy viloyatining Nurota tumanida noqonuniy ravishda chorva hayvonlarini so`yish faoliyati bilan shug`ullanuvchi shaxslar aniqlandi.
O`tkazilgan tekshiruvlar va ko`rilgan chora-tadbirlar davomida mazkur shaxslar faoliyati to`xtatildi hamda ularga belgilangan tartibda chora ko`rildi.






