AsosiyJamiyat

Bodomzorda Captiva avtomobilida kollej o`quvchisi urib ketgan ayol vafot etdi

Toshkent shahri Bodomzor mahallasida yirik avtohalokat sodir bo`lgani haqida xabar bergan edik.

Haydovchilik guvohnomasiga esa bo`lmagan, Toshkent bank kolleji o`quvchisi Captiva avtomobilida mahalladagi Cobalt va Spark avtomobillariga zarar etkazibgina qolmay, piyodani ham urib yuborgan edi. Mazkur post Facebook ijtimoiy tarmog`ining “Voditeli Tashkenta” guruhida keng muhokama qilindi.

Izohlarda foydalanuvchilardan biri mana shu mahallada yashashini, yo`l-transport hodisasi oqibatida uning mahalladoshi, 3 nafar farzandning onasi jiddiy jarohat olganini bildirgan va uning shahardagi shifoxonalarning birida komada yotganini bildirgan edi.

Bugun Facebook ijtimoiy tarmog`ining Nargiza Ibragimova ismli foydalanuvchisi o`zining mazkur YTHda jabrlanuvchi ekanligini aytdi. U YTH oqibatida zarar etkazilgan “Spark” avtomobili uning oilasiga tegishli ekanligini ma`lum qildi. Nargiza Ibragimova, shuningdek yo`l-transport hodisasi jabrlanuvchisi bugun vafot etganini ham bildirgan.

Tahririyatimiz nomidan marhumaning oila a`zolariga chuqur ta`ziya izhor etamiz.

   

Boshqa yangiliklar