Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog`istonda fuqaro Dauletmuratova Sapargul Tleubaevnaning ukasi Dauletmuratov Baxtiyar Tleubaevichni Taxiatash tumani IIB profilaktika inspektori Baymuratov Salamat tomonidan olib ketilib, tuman IIBda ukasiga tan-jarohat etkazilganligi sababli vafot etganligi to`g`risida xabar tarqaldi.
Qoraqalpog`iston respublikasi prokuraturasi holat bo`yicha ma`lumot berdi:
Xabarga ko`ra, hozirda Dauletmuratov Baxtiyar Tleubaevichning o`limi holati yuzasidan Qoraqalpog`iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Holat bo`yicha Taxiatash tumani IIB xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi va marhum B.Dauletmuratovning o`limi sabablirini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Mazkur tergovga qadar tekshiruv harakati shaxsan Qoraqalpog`iston Respublikasi prokurori nazoratiga olingan.
Tergov natijasi bo`yicha qo`shimcha ma`lumot beriladi.