AsosiyJamiyat

Nukusda “Yosh olimlar akademiyasi” hamda Yoshlar texnoparki tashkil etiladi

'Nukusda “Yosh olimlar akademiyasi” hamda Yoshlar texnoparki tashkil etiladi'ning rasmi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2021 yil 18 maydagi “Orolbo`yi mintaqasini ekologik innovasiyalar va texnologiyalar hududi deb e`lon qilish to`g`risida”gi maxsus rezolyusiyasini amalga oshirish choralari to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko`ra, Nukus shahrida “Yosh olimlar akademiyasi” hamda yosh olimlar, startap loyihalar egalari, tadqiqotchilarni qo`llab-quvvatlash bo`yicha Yoshlar texnoparki tashkil etiladi.  

 Orolbo`yi xalqaro innovasiya markazi huzurida o`simliklar urug`lari genbanki bilan ta`minlangan laboratoriya, biznes-akselerator o`quv markazi ochiladi.  

Yo`qolib ketish xavfi ostida bo`lgan o`simlik va hayvonot dunyosi ob`ektlari elektron xaritalanib, ma`lumotlar bazasi yaratiladi.  

Shaxslarning yuzi bo`yicha aniqlash texnologiyasi joriy etiladi.  

Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanib avtonom ichimlik sho`r suvni tuzsizlantirish texnologiyasi ishlab chiqiladi.  

Qoraqalpog`iston Respublikasida 2,5 ming gektar maydonda paxta, g`alla, kunjut, makkajo`xori va chorva ozuqasi ekinlarini sug`orishda yomg`irlatib sug`orish tizimi joriy etiladi.  

 Sinov laboratoriyalari modernizasiya qilinib (oziq-ovqat, qishloq xo`jaligi, elektrotexnika, engil sanoat), namunalarni laboratoriyaga etkazish bo`yicha logistika xizmati yo`lga qo`yiladi.  

 Shuningdek, sho`rlangan tuproqlar ball bonitetini aniqlash maqsadida oliy ta`lim muassasalararo kompleks biokimyoviy tahlil markazi tashkil etiladi. 

    Boshqa yangiliklar