Avval xabar berilganidek, ayni daqiqalarda Senatning o`n ettinchi yalpi majlisi o`tkazilmoqda.
Yalpi majlisni olib borayotgan parlament yuqori palatasi Raisi Tanzila Narbaeva o`z nutqida bir qator dolzarb masalalar, xususan, aholi salomatligini muhofaza qilishga alohida urg`u berdi.
– Sog`liqni saqlash xodimlari joylarda uyma-uy yurib, aholi o`rtasida ko`proq kaysi kasalliklar kuzatilayotganini aniqlashi kerak, – dedi Senat Raisi T.Narbaeva. – Shu orqali hududlarda ko`rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifatini oshirish mumkin. Buning uchun jalb etilgan mutaxassislar malakali bo`lishi, bemorlar dardini tinglay olishi lozim.
Bundan tashqari, aholiga bir martalik tibbiy yordam ko`rsatish yoki davolash bilan cheklanmasligimiz, hozirgi pandemiya davrida bu masalalarga alohida e`tibor berib ishlash orqali aholining salomatligi saqlash zarur. O`z navbatida, o`tkazilayotgan tibbiy xatlov natijalari yuzaki o`tkazilmasligi kerak.






