AsosiyJamiyat

Prezident maktablaridagi imtihonlarda nega qalamdan foydalanildi?

'Prezident maktablaridagi imtihonlarda  nega qalamdan foydalanildi?'ning rasmi

Ayni kunlarda mamlakatimizdagi 14 ta Prezident maktabida kirish imtihonlarining birinchi saralash bosqichi bo`lib o`tmoqda. Jarayonning shaffof o`tishini ta`minlash maqsadida kirish imtihonlari videokuzatuv va boshqa texnik vositalarni qo`llagan holda maxsus ajratilgan joylarda olib borilmoqda. Shuningdek, OAV vakillari ham taklif etilgan. Biroq bu kabi nazoratning kuchaytirilganiga qaramay, hududlarda bo`lib o`tgan prezident maktablari imtihonida o`quvchilar javoblarni qalamda yozishdi, bu qanchalik haqqoniy, bundan maqsad nima, degan savollar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan turli baxs-munozaralarga sabab bo`lmoqda. Bu masalaga oydinlik kiritish maqsadida biz Agentlikning matbuot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova bilan bog`landik:

— Hurmatli yurtdoshlar, bu siz o`ylagan narsa emas. Javoblarni qalamda belgilash Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan qo`yilgan talablaridan biri. Hatto IELTS imtihonlarida ham Reading (o`qish) va Listening (eshitish) bo`limlarida javoblarni qalamda to`ldirish majburiy. Buning o`ziga xos sabablari bor: qalamdan boshqa yozuv qurolida belgilangan javoblarni maxsus kompyuter tekshirmaydi va xato hisoblaydi. Test javoblarini tekshirishga ixtisoslashgan dastur faqat qalamda belgilangan javoblarnigina qabul qiladi. Qalamda belgilangan javoblar yaxshi skaner qilinadi — ruchkada belgilanganda esa ularning bo`yalib ketish ehtimoli mavjud. Javoblarni qalamda belgilash talabgor xato qilib qo`ysa, shu xatoni tuzatish imkonini beradi. 

         Farg`ona shahridagi Prezident maktabi kirish imtihonlarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan “Alfapro” o`quv markazi rahbari, o`qituvchi-bloger Isroil Tillaboev ham bu haqida o`z fikrlarini bildirdi:

         — 2019 yilda Prezident maktablariga kirish imtihonlarida ham javoblar qalam bilan belgilangan. O`tgan yili pandemiya sabab imtihonlar bo`lmadi. Aslida, javoblarni qalamda belgilish bolani har tomonlama qo`llab-quvvatlash deb o`ylayman. Chunki bola xato qilsa, unga o`sha qilgan xatosini to`g`rilash imkonini berish kerak. Birgina xato uning orzu-umidlarini sarobga aylantirishi, kelajagiga nuqta qo`yishi, ishtiyoqini so`ndirishi mumkin. Imtihon topshirayotgan bolada, albatta, hayajon bo`ladi. Shu hayajon bois u bilib turgan narsasini ham noto`g`ri belgilab qo`yishi mumkin. Shunda o`quvchi xato jvobni o`chirib, qaytadan to`g`ri javobni belgilash imkonini beradi. 

Darvoqe, imtihonlar kunning ikki qismida — soat 8:00 va 18:00 da o`tkazilishi rejalashtirilgan. 2021-2022 o`quv yili uchun Prezident maktablari imtihonlarining birinchi bosqichida jami 103570 o`quvchi qatnashmoqda. Shundan 1632 nafar talabgor o`qishga qabul qilinadi.Talabgorlar FaceID tizimidan o`tib, guruh nazoratchilari boshchiligida joylariga kuzatib qo`yilmoqda o`tkazilmoqda. 

Boshqa yangiliklar