Ijtimoiy tarmoqda "Jarima maydonida janjal" sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ma`lumot berdi.
Ma`lum bo`lishicha, joriy yil 26 iyul kuni Andijon viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan belgilangan taqsimot asosida Baliqchi tumani hududida reyd tadbirlari tashkil etilgan.
Tadbir davomida tegishli hujjatlarsiz va boshqa qoidabuzarliklarni sodir etgan haydovchilarga nisbatan chora ko`rilib, qarzdorligini o`z muddatida bartaraf qilmagan haydovchilar boshqaruvidagi transport vositalari vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylangan.
Ayrim fuqarolar tomonidan avtomobillar jarima maydoniga joylanishi yuzasidan e`tirozlar bo`lgan. DYHXX xodimlari tomonidan jarima maydoniga joylash tartibi va sabablari tushuntirilgan.






