Volontyorlar Zangiotadagi koronavirusga chalingan bemorlarni davolashga ixtisoslashgan kasalxonalarga suv sotib olish uchun mablag` yig`ishni yo`lga qo`ydi. Bu haqda Zamon.uz sayti xabar berdi.
Bemorlarning qarindoshlari ma`lum qilishicha, favqulodda suv etishmovchiligi mavjud, deb yozadi Facebook`dagi Viktor Drukker ismli foydalanuvchi.
«Zangiotadagi kasalxona shifokorlariga kichik, ammo bemorlar uchun muhim bo`lgan muammoni hal etishga kuchimiz etadi. Va bu ajablanarli emaski — suv. Oddiy ichimlik suvi, siz har kuni muzlatkichdan oladigan, yoki do`kondan xarid qiladigan, kulerdan stakanga quyiladigan suv. Atrofga qaramay ichasiz. Ularda esa favqulodda suv tanqisligi kuzatilmoqda. Mavjud suv — biz kundalik hayotda jo`mrakdan oqadigan `qattiq` deb atovchi suvimiz bo`lib, uni qaynatishga ulgurishmayapti. Qaynatilmagan va qayta ishlmanmagan suv tabiiyki kuchsiz organizmga zarar etkazadi, aks holda butilkadagi filtrlangan suvni nega xarid qilardik?!», — deya murojaat qiladi Facebook`dagi faollar.
Ta`kidlanishicha, Zangiotadagi kasalxonada davolanayotgan bemorlarni ichimlik suvi bilan ta`minlash uchun har kuni 300 blok suv kerak — bu 4 million so`mga yaqin pul degani.
Ushbu xabarni yozish vaqtida yig`ilgan mablag` 3,3 million so`mdan ortiqni tashkil etgan, volontyorlar suvning birinchi partiyasini etkazib berishni tashkillashtirgan.
Xabarda ta`kidlanishicha, hozirda bir butilka suvni bir kunda uch kishi ichmoqda. Shuningdek, volontyorlarning qo`shimcha qilishicha, suv bilan bog`liq taqsimlash markazlari — “O`zekspomarkaz”, “Yoshlik” va “Universal” sport komplekslarida ham kuzatilmoqda.
Mablag` yig`ilayotgan plastik kartaga oid ma`lumotlar bilan havola orqali tanishish mumkin.