AsosiyJamiyat

Xalqlar do`stligi kuni munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimiz mukofotlandi (ro`yxat)

'Xalqlar do`stligi kuni munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimiz mukofotlandi (ro`yxat)'ning rasmi

Xalqlar do`stligi kuni munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizni mukofotlash to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e`lon qilindi. Unga ko`ra, bir guruh yurtdoshlarimiz nufuzli orden va medallar bilan mukofotlandi. Xususan:

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

Djabbarov Raxmatulla Mamatovich    -    Respublika qirg`iz milliy madaniy markazi raisi

Pak Viktor Nikolaevich    -    Respublika koreys milliy madaniy markazi raisi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo`mitasi a`zosi

Yusupov G`ulamzakir Esenovich    -    «Nurl jol» gazetasi bosh muharriri


«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Aytjanov Uzakbay Echanovich    -    Qoraqalpog`iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti g`o`za seleksiyasi va urug`chiligi bo`limi mudiri, Qoraqalpog`iston Respublikasi

Akopdjanova Galina Alekseevna    -    Farg`ona viloyati rus milliy madaniy markazi raisi 

Babaev Boris Raximovich    -    «Kultura.uz» veb-sayti bosh muharriri

Boyko Vladimir Fedorovich    -    «Slavutich» Respublika ukrain milliy madaniy markazi raisi

Jalmenov Ulikbek Abilaevich    -    Qoraqalpog`iston Respublikasi kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi raisi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a`zosi

Kapanadze Vaxtang Iraklievich    -    «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasi «Zarafshon» qurilish-montaj boshqarmasi boshlig`i

Kurbanov Orazmirat Rejepovich    -    Respublika turkman milliy madaniy markazi raisi

Kurbanov Rustambek Djavdatovich    -    O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do`stlik aloqalari qo`mitasi raisi

Nabiullin Rishat Xismatullovich    -    Toshkent shahar tatar jamoatchilik madaniy-ma`rifiy markazi raisi

Pashaeva Gulnisa Firuzovna    -    Mirzacho`l tumanidagi «Rasim Iroda» biolaboratoriyasi mudiri, Jizzax viloyati

Salomov Abduxalim    -    Shahrisabz tumanidagi «G`elon» qishloq fuqarolar yig`inining nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi, Qashqadaryo viloyati

Setyan  Martin Varazdatovich    -    Respublika arman milliy madaniy markazi raisi

Usenov Serikbay Nazarovich    -    Respublika qozoq milliy madaniy markazi raisi

I darajali «Sog`lom avlod uchun» ordeni bilan

Kim Lidiya Romanovna    -    Nukus shahridagi «Muruvvat» nogironligi bo`lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi direktori, Qoraqalpog`iston Respublikasi

II darajali «Sog`lom avlod uchun» ordeni bilan

Alimxodjaeva Tatyana Sergeevna    -    Respublika rus milliy madaniy markazi raisi o`rinbosari

Musurmanova Yuliya Yurevna    -    Yangier shahridagi 5-umumiy o`rta ta`lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o`qituvchisi, Sirdaryo viloyati

II darajali «Salomatlik» ordeni bilan

Juginisova Janar Esenovna    -    Qo`ng`irot tumani tibbiyot birlashmasining Jasliq davolash profilaktika muassasasi hamshirasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi

Shukurov Abduxakim Abduraximovich    -    Sariosiyo tumani tibbiyot birlashmasining 69-oilaviy poliklinikasi umumiy amaliyot shifokori, Surxondaryo viloyati

«Do`stlik» ordeni bilan

Abdullaev Ilxam Yusif ogli    -    Respublika ozarbayjon milliy madaniy markazi faoli

Avezdurdieva Guldana Xaldurdievna    -    Respublika turkman milliy madaniy markazi raisining o`rinbosari

Babiskaya Vera Yakovlevna    -    Angren shahri belorus milliy madaniy markazi raisi, Toshkent viloyati

Batbaev Zaripboy Tursinbaevich    -    «O`zbekgeofizika» aksiyadorlik jamiyatining «Ustyurt geofizika ekspedisiyasi» filiali Ustyurt kon geofizika partiyasi guruh boshlig`i

Gunova Nataliya Konstantinovna    -    Muxtor Ashrafiy muzeyi direktori

Guseynov Firdusi Fagatovich    -    Respublika ozarbayjon milliy madaniy markazi raisi

Djanibekova Nodira Abdusalomovna    -    O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo`mitasi a`zosi, Sirdaryo viloyati qirg`iz milliy madaniy markazi raisi

Ikromov Tadjibay Chimirovich    -    «Ovozi tojik» gazetasi bosh muharriri o`rinbosari

Kompolshik Elena Aleksandrovna    -    O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo`mitasi a`zosi

Mamatrizaev Nematillo Asatovich    -    «Buxoro qorako`li» uyushmasi raisi, Buxoro viloyati

Mironova Elena Anatolevna    -    «Wiedergeburt» Respublika nemis milliy madaniy markazi raisi

Vikentiy – Morar Viktor Aleksandrovich    -    Rus pravoslav cherkovi Toshkent va O`zbekiston eparxiya mitropoliti

Nabieva Fina Xaziaxmitovna    -    Toshkent shahar boshqird milliy madaniy markazi raisi o`rinbosari

Savurov Mane Davurovich    -    Toshkent shahar dungan milliy madaniy markazi raisi

Skuridin Oleg Stanislavovich    -    «Svetlisa polska» Respublika polyak milliy madaniy markazi raisi

Subxanova Gulandam Subxanovna    -    Respublika tojik milliy madaniy markazi raisi

Fazilov Karim Shamanovich    -    Sirdaryo tumanidagi «Birdamlik» fermer xo`jaligi boshlig`i, Sirdaryo viloyati

Filippova Lyudmila Vladimirovna    -    «Maksam-Chirchiq» aksiyadorlik jamiyatining Madaniyat saroyi direktori o`rinbosari, Toshkent viloyati

«Sog`lom turmush» medali bilan

Abjamilova Erkinay Abdusattarovna    -    Xonobod shahridagi «Altin Ordo» mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Andijon viloyati

Grishina Lyubov Vasilevna    -    Chinoz tumani rus milliy madaniy markazi raisi, Toshkent viloyati

Kamalova Nazifa Mirzalievna    -    «Istiqlol avlodi» ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy qo`llab-quvvatlash markazi rahbari, Jizzax viloyati

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

Aldabergenov Kayrat Tutkaboevich    -    Tomdi tumani hokimi, Navoiy viloyati

Kim Vyacheslav Vladimirovich    -    Andijon viloyati koreys milliy madaniy markazi raisi

Pekos Oleg Andreevich    -    O`zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o`rinbosari

Shukurov Gayratulla Samikovich    -    O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do`stlik aloqalari qo`mitasi matbuot kotibi – raisning axborot siyosati masalalari bo`yicha maslahatchisi

«Shuhrat» medali bilan

Abduraxmonova Arzikul Mirzaraimovna    -    Chirchiq shahridagi «So`g`diyon» tojik milliy madaniy markazi raisi, Toshkent viloyati

Ametova Darigul Barlikbaevna    -    Mo`ynoq tumanidagi «Tik o`zyak» ovul fuqarolar yig`ini raisining oila, xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash, ijtimoiy masalalar bo`yicha o`rinbosari, Qoraqalpog`iston Respublikasi

Borovikova Anastasiya Dmitrievna    -    «Pravda Vostoka» gazetasi katta muxbiri

Didarov Dauletmirat Arazqulievich    -    Hazorasp tumanidagi «Sarimoy» qishloq fuqarolar yig`ini raisi, Xorazm viloyati

Ismoilov Baxtiyor Abdusattarovich    -    Paxtaobod tumanidagi «Sarvinoz parvoz» fermer xo`jaligi boshlig`i, Andijon viloyati

Ishmakov Shamil Nailevich    -    Namangan shahridagi xususiy tadbirkor, Namangan viloyati

Kabduraxmanov Alibek Asatullaevich    -    O`zbekiston davlat filarmoniyasining Milliy simfonik orkestri bosh dirijeri

Kayumov Rustam Mirjalilovich    -    «O`zbekiston temir yo`llari» aksiyadorlik jamiyatining «O`zbekiston» lokomotiv deposi «Afrosiyob» yuqori tezyurar elektropoezdi mashinist-murabbiysi

Korsunova Tatyana Semenovna    -    «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining faxriylar kengashi faoli

Kuvvatov Normurod Mamatmurodovich    -    Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining «Alan» koni ustasi, Qashqadaryo viloyati

Murzametova Marina Ravshanovna    -    Yunusobod tumanidagi «Ahilobod» mahalla fuqarolar yig`ini raisi, Toshkent shahri

Ramazanov Ebazer Seytxalievich    -    «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining Qalmoqir kon boshqarmasi «Yoshlik-1» kareri ekskavator mashinisti

Saradjanova Anjelika Arturovna    -    Samarqand shahridagi «Marhabo» mahalla fuqarolar yig`ini raisi, Samarqand viloyati

Safoev Baxodir Akparalievich    -    So`x tumanidagi «Sarikanda» mahalla fuqarolar yig`ini raisi, Farg`ona viloyati

Tatarenko Tamara Pavlovna    -    Samarqand viloyati «Polonez» polyak milliy madaniy markazi raisi

Tovstonog Andrey Grigorevich    -    «O`zavto Motors Pauertreyn» aksiyadorlik jamiyatining quyish sexi ustasi

 

    Boshqa yangiliklar