Hukumatning 2021 yil 29 iyuldagi 472-son qarori bilan Chirchiq davlat pedagogika instituti huzurida Toshkent tumani xizmat ko`rsatish va servis texnikumining Chirchiq filiali tashkil etildi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Qarorga ko`ra Filial o`z faoliyatini 2021/2022 o`quv yilidan boshlaydi.
Filialning asosiy vazifalari etib:
— o`quvchilarni tanlangan mutaxassislik bo`yicha zamonaviy talablarga javob beradigan, puxta bilim, amaliy ko`nikma va malakaga ega bo`ladigan, kasbiy tayyorgarlikni ta`minlaydigan davlat ta`lim standartlari asosida o`qitish;
— bitiruvchilar amaliyotlarini, ularni ishga joylashtirishni Germaniyaning “Siemens” kompaniyasi hamda Xalqaro hamkorlik bo`yicha Germaniya jamiyati (GIZ) va boshqa xorijiy tashkilotlar bilan yo`lga qo`yish kabilar belgilandi.






