AsosiyJamiyat

Taniqli va mahoratli aktrisa Roza Ismailova vafot etdi

'Taniqli va mahoratli aktrisa Roza Ismailova vafot etdi'ning rasmi

Sovet, qozoq va o`zbek aktrisasi Roza Ismoilova 29 iyul kuni Toshkentda vafot etdi. Bu haqda xabar qilgan O`zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi aktrisaning vafoti munosabati bilan marhumaning yaqinlari hamda oila a`zolariga chuqur hamdardlik izhor qildi.  

Roza Ismailova 1937 yil 14 aprel kuni tavallud topgan. 

Olmaota konservatoriyasida tahsil olgan. Turmushga chiqqach, Toshkentga keladi va o`z faoliyatini "O`zbekfilm" kinostudiyasida aktrisa sifatida davom ettiradi.

Taniqli sovet, o`zbek aktyori, rejissyor va prodyuser Azamat Irgashev o`zining Feycbuk sahifasida aktrisani xotirladi.

"Ismoilova Roza Mansurovna bizning olamni tark etdi. U iste`dodli aktrisa, eri kinorejissyor G`iyos Shermuhammedov va ikkita o`g`ilning ajoyib onasi edi", - deydi Azamat Irgashev 

Uning debyut roli "Bizning aziz tabibimiz" (1957, Bibigul, bosh rol). Keyinchalik -  "Erga qaytish" (1959), "Splav" (1961, Sandigul) filmida rol ijro etgan. 

 

    Boshqa yangiliklar