O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat foni 33-38° atrofida saqlanib turadi.
Poytaxtimizda quyoshli ob-havo bo`ladi. Havo 35-37° gacha isiydi.
Respublikaning tog`li hududlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 20-25° bo`ladi.
Farg`ona vodiysi viloyatlarining tog` oldi va tog`li hududlarida va Qirg`izistonga tutash hududlarda kutilayotgan mahalliy yomg`irlar hisobiga 31 iyul kuni Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarining tog` oldi va tog`li hududlarida SEL KELIShI XAVFI BOR.






