Kecha, 30 iyul kuni O`zbekistonda koronavirusga qarshi jami 238 ming dozadan ortiq vaksina qo`llanildi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.
30 iyulda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 238 980 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 168 506 nafarni,
- 2-bosqich emlanganlar 48 959 nafarni,
- 3-bosqich emlanganlar 21 515 nafarni tashkil qildi.
Ayni kungacha mamlakatimizda jami 7 434 689 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 4 804 098 nafarni,
- 2-bosqichda emlanganlar 1 883 370 nafarni,
- 3-bosqich emlanganlar 747 221 nafarni tashkil qildi.
Shu kungacha to`liq emlangan fuqarolar 1 192 413 nafarni tashkil qilmoqda.
30 iyul kunidagi emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:
- Andijon viloyati (27 160 doza),
- Toshkent viloyati (24 952 doza)
- Farg`ona viloyati (24 455 doza),
- Namangan viloyati (23 059 doza) band qildi.
- Jami emlashlar bo`yicha yuqori ko`rsatkichlar:
- Farg`ona viloyatida 957 284 doza,
- Namangan viloyatida 955 597 doza,
- Andijon viloyatida 825 169 doza,
- Samarqand viloyatida 689 965 dozani tashkil qilmoqda.
Emlash jarayonlari davom etadi.






