AsosiyJamiyat

Ayrim aholi qatlamlariga 500 ming so`m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko`rsatiladi

'Ayrim aholi qatlamlariga 500 ming so`m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko`rsatiladi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, “Kam ta`minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qo`llab-quvvatlashning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

 Qarorga ko`ra, 2021 yilning avgust oyida aholining quyidagi qatlamlariga 500 ming so`m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko`rsatiladi:

 boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalarning 18 yoshga to`lmagan farzandlariga;

nogironligi bo`lgan 18 yoshga to`lmagan bolalarga.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlari, sektor rahbarlari hamda Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligining hududiy bo`linmalari rahbarlari – “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning 18 yoshgacha bo`lgan farzandlari sonidan kelib chiqib, to`lov vedomostlarini shakllantiradi hamda tuman (shahar) mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash bo`limlari orqali ularga moddiy yordam pullarining joriy yil 25 avgustga qadar manzilli etkazilishini ta`minlaydi.

    Boshqa yangiliklar