Qoraqalpog`iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Daut-ota” chegara bojxona postiga qo`shni davlatdan kirib kelgan fuqaro X.Sh. boshqaruvidagi “MAN” rusumli yuk avtotransport vositasi o`rnatilgan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi. Bu hakida Qo`mita xabar bermoqda.
Natijada, avtotransport vositasi yukxonasida yo`l-yuk hujjatlarida ko`rsatilmagan, umumiy qiymati 102 million so`mlik 51 ming dona uyali aloqa xorijiy sim kartalarni hech qanday hujjatlarsiz olib kelayotganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






