AsosiyJamiyat

O`zbekiston, Rossiya, Tojikiston va Qirg`iziston ta`lim vazirlarining birinchi uchrashuvi bo`lib o`tdi

'O`zbekiston, Rossiya, Tojikiston va Qirg`iziston ta`lim vazirlarining birinchi uchrashuvi bo`lib o`tdi'ning rasmi

30 iyul – “Xalqaro do`stlik kuni”da Rossiya federasiyasi Maorif vaziri tashabbusi bilan O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov, Rossiya Federasiyasi Maorif vaziri Sergey Kravsov, Tojikiston Respublikasi Ta`lim va  fan vaziri Muhammadyusuf Imomzoda, Qirg`iziston Respublikasi Ta`lim va fan vaziri Bolotbek Kupeshev ishtirokida to`rt tomonlama onlayn uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi xabar bermoqda. 

Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatovning Jizzax viloyatiga tashrifi chog`ida bo`lib o`tgan uchrashuvda ta`lim sohasida ikki tomonlama va ko`p tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Yuqorida qayd etilgan mamlakatlar bilan hamkorlikni yo`lga qo`yish muhimligi va o`zaro hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishdan manfaatdor ekani ta`kidlandi.

Tomonlar fikr almashish va masalalarni muhokama qilish orqali mamlakatlar o`rtasida madaniy almashinuvning ahamiyati, ta`lim sifatini oshirish bo`yicha tajriba almashish, ta`lim sifatini baholash tizimi, maktab o`quvchilarining ta`lim sifatini baholash bo`yicha xalqaro dasturlarda ishtirok etish (PISA, PIRLS), bolalar bilan tarbiyaviy ishlarda o`qituvchilarning roli haqida so`z yuritdilar.

Shu bilan bir qatorda, ta`lim vazirlari maktablarda xavfsiz raqamli ta`lim muhitini yaratishda hamkorlikni o`rnatishning muhimligini ta`kidladilar.

photo2021-07-3019-57-17.jpg

Uchrashuv «xalqaro do`stlik kuni»da o`tkazilganini hisobga olib, to`rt mamlakatning o`quvchi va o`qituvchilarini yaqinlashtirishga qaratilgan qo`shma tanlov o`tkazish taklif etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar to`rt tomonlama formatdagi uchrashuvlarni muntazam ravishda o`tkazishga, shuningdek, Tojikiston, O`zbekiston va Rossiya Federasiyasi ta`lim vazirlarining Qirg`izistonda navbatdan tashqari uchrashuvlarini o`tkazishga kelishib oldilar.

    Boshqa yangiliklar