AsosiyJamiyat

Institutning “Iqtisod” yo`nalishiga pora evaziga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan shaxs ushlandi

'Institutning “Iqtisod” yo`nalishiga pora evaziga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan shaxs ushlandi'ning rasmi

14 iyul kuni, Yangiqo`rg`on tumanida yashovchi, 1983 yilda tug`ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 14 iyul kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1986 yilda tug`ilgan fuqaro uni ishonchiga kirgan. O`zini Namangan muhandislik qurilish institutida o`qituvchi bo`lib ishlashini aytib, 1.000 AQSh dollari evaziga institut rektori orqali gaplashib, “Iqtisod” yo`nalishining sirtqi bo`limiga o`qishga kiritib qo`yishini aytib, oldindan 500 AQSh dollari berishini so`rayotganligini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar qilishicha, shu kuni viloyat IIB JQB tezkor vakillari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, Namangan shahrida arizachidan 500 AQSh dollarini olgan vaqtda ushlangan.Ushbu holat bo`yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 29 iyul kuni O`z.R JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar