AsosiySiyosat

1 avgustdan haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish osonlashadi

'1 avgustdan haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish osonlashadi'ning rasmi

Haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun barcha hujjatlarni YaIDXP orqali ham taqdim etish imkoniyati yaratilmoqda.

Mazkur tizim “Yo`l harakati xavfsizligi sohasida davlat xizmatlari ko`rsatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi hukumat Qaroriga asosan ishlab chiqildi.

Qarorga ko`ra, 2021 yil 1 avgustdan quyidagi davlat xizmatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali ko`rsatiladi:

  •  Avtomototransportlar va shahar elektr transportlari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo`yicha nodavlat ta`lim xizmatlari ko`rsatuvchi yuridik shaxslarning o`quv guruhlarini ro`yxatga olish;
  •  avtomototransportlar va shahar elektr transportlar haydovchiligiga nomzodlardan imtihonlarni qabul qilish uchun hujjatlarni va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish.

 

Bu bilan haydovchilardan ishonchnomani talab etish tartibi bekor qilinadi.

Boshqa yangiliklar