Bugun kunduz kuni O`zbekistonda kam bulutli, issiq ob-havo saqlanib turadi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayshi mumkin. Harorat foni ko`tariladi va 35-40° ni tashkil etadi.
Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 12-17 m/s gacha kuchayshi mumkin. Havo 36-38° gacha isiydi.
Respublikaning tog`li hududlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 25-30° bo`ladi.
Batafsil ma`lumotlar bilan bu erda tanishishingiz mumkin.






