1

Pokistonda yuz bergan terakt oqibatida 69 kishi halok bo`ldi

Dunyo 28.03.2016, 11:22
Teglar: Terakt
Pokistonda yuz bergan terakt oqibatida 69 kishi halok bo`ldi

Pokistonning Lahor shahrida yuz bergan terakt oqibatida 69 kishi halok bo`ldi, ulardan 23 nafari bolalar. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Shuningdek, terakt oqibatida 300 kishi, xususan 56 nafar bola turli darajadagi tan jarohati olgan. Shahar tibbiyot muassasalarida kasallar ko`pligidan joy etmay qolmoqda. Yaralanganlarning aksariyati erda, polda yotibdi. Ularga tibbiy yordam ko`rsatilmoqda.

Hudkush-terrorchi madaniyat va istirohat bog`iga kirishda, bolalar o`ynaydigan hudud yaqinida o`zini portlatib yuborgan. Terrorchi qurbonlar soni ko`proq bo`lishiga erishish maqsadida aynan mazkur hududni tanlagani aytilmoqda. Polisiyachilarning ma`lum qilishicha, terrorchida sakkiz kilogramdan 10 kilogramgacha og`irlikda portlovchi moslamalar bo`lgan.

Huquq-tartibot organlari xodimlari halok bo`lgan hudkushning yonidan uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni topgan. Hujjatga ko`ra, u 1988 yilning 1 yanvarida Panjob provinsiyasining Muzaffargarx shahrida tug`ilgan.  

Hozirda polisiyachilar u yashagan manzildan 15 kishini, xususan ikki aka-ukalarni qo`lga olgan.

Terakt javobgarligini “Tolibon” terrorchilik guruhiga aloqador “Jamaat-ul Ahror” guruhi o`z zimmasiga olgan.

Sharhlar

Istanbul markazidagi teraktni sodir etgan shaxs hibsga olindi, u ayol kishi

14.11.2022, 09:28

Turkiyaning Istanbul shahri markazidagi Istiqlol ko`chasida uyushtirilgan hujumda gumonlanuvchini qo`lga olindi, deya xabar bermoqda “Anadolu”ga tayanib "interfax".Ma`lum qilinishicha, ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu yakshanba kuni...
«Menga umr bergan Ollohning ko`rsatmalariga amal qilaman»: ikki yil oldin Nyu-Yorkda terakt sodir etgan Sayfulla Soipov sud oldida javob berdi

19.11.2019, 15:28

2017 yilning 31 oktyabr kuni Nyu-Yorkda yuk mashinasi Manxetten hududining janubi-g`arbiy qismidagi velosiped yo`liga chiqib, 8 kishining umriga zomin bo`lgan, yana 12 kishi jarohat olgan.18...
LONDON METROSIDA TERAKT SODIR BO`LDI

15.09.2017, 14:45

London metrosining Parsons-grin bekatida portlash yuz berdi, jabrlanganlar bor, deya xabar beradi The Sun nashri.Bir necha kishi kuyish jarohatini oldi. Polisiya hodisani terakt deb baholadi.Xabarlarga...
​Las-Vegasdagi poliklinikalardan birida otishma bo`ldi

30.06.2017, 14:03

Las-Vegasdagi poliklinikalardan birida bemor erkak o`q uzib, ikki kishini yaraladi va o`zini otib o`ldirdi, deb xabar berdi Ria.ru nashri. Polisiya xodimining ma`lum qilishicha, poliklinikaga kelgan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1