Kecha yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 889 nafarga, pnevmoniya qayd etilganlar soni esa 512 nafarga etdi, COVID-19 dan 6 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda SSV ma`lumot berdi.
2021 yil 31 iyul holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 130216 (+889) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 85 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
- 35 nafari Andijon viloyatida,
- 19 nafari Buxoro viloyatida,
- 97 nafari Jizzax viloyatida,
- 18 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 19 nafari Navoiy viloyatida,
- 41 nafari Namangan viloyatida,
- 93 nafari Samarqand viloyatida,
- 28 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 98 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 76 nafari Farg`ona viloyatida,
- 53 nafari Xorazm viloyatida,
- 95 nafari Toshkent viloyatida,
- 132 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bundan tashqari, kecha kun davomida 512 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog`iston Respublikasida 75 nafar,
- Andijon viloyatida 152 nafar,
- Buxoro viloyatida 11 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 27 nafar,
- Namangan viloyatida 31 nafar,
- Samarqand viloyatida 82 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 33 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 95 nafar,
- Farg`ona viloyatida 77 nafar,
- Xorazm viloyatida 60 nafar,
- Toshkent viloyatida 75 nafar,
- Toshkent shahrida 113 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 123995 (+831) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 880 nafarni tashkil qildi.






