AsosiyJamiyat

48 ta tumanda uzumchilik va vinochilik klasterlari tashkil etiladi

'48 ta tumanda uzumchilik va vinochilik klasterlari tashkil etiladi'ning rasmi

“Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilg`or texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlashning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–5200-son, 28.07.2021 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma`lum qildi.

Qarorga ko`ra, Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlardagi 48 ta tuman uzum etishtirishga ixtisoslashtiriladi.  

 Ixtisoslashgan tumanlardagi 156 ming gektar maydonda (shu jumladan 2021 yilda 50 ming gektar) uzumzorlar barpo etilib, ularni iste`molchiga etkazishga qadar uzluksiz tizim yaratiladi.

 2021 yil 1 avgustdan qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan er uchastkalari (sug`oriladigan va sug`orilmaydigan (lalmi) erlar) tokzorlar barpo etish va uzumchilikni rivojlantirish uchun ochiq tanlov asosida 30 yil muddatga ijaraga beriladi.

 Ochiq tanlovga er uchastkalari dehqon xo`jaliklari tashkil etgan holda tokzorlar barpo etish uchun – 0,06 – 1 gektar o`lchamlarda, yaxlit konturda yirik tokzorlar barpo etish uchun 1 – 30 gektar o`lchamlarda chiqariladi.

 2021 yil 1 sentyabrdan:  

  •  Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarda yuridik shaxs maqomiga ega bo`lmagan, uzumchilikni rivojlantirish bo`yicha doimiy loyiha ofislari tashkil etiladi;  

 

  •  aholi tomorqalarida, mahallalarda uzum etishtirishni kengaytirishning yangi mexanizmi joriy etiladi;

 

  •  uzum etishtirish, uni quritish, qadoqlash, qayta ishlash, tayyor mahsulot ishlab chiqarish hamda eksport qilishning to`liq siklini yaratish maqsadida uzumchilik va vinochilik klasterlari tashkil etiladi.

 

2022 yildan har ikki yilda bir marotaba uzumchilik yo`nalishida “eng yaxshi uzum navi”, “eng yaxshi intensiv tokzor”, “eng yaxshi mahalliy uzum navi”, “eng yaxshi vino mahsuloti” kabi nominasiyalarda o`tkaziladigan respublika ko`rik tanlovi ta`sis etiladi.  

2022 yil 1 yanvardan mahalliy ishlab chiqarilgan uzum va meva-rezavorlardan tayyorlangan tabiiy ravishda achitilgan tabiiy vino (etil spirti qo`shilmagan holda) va ko`piklanadigan vinoning 1 daliga aksiz solig`i 1 so`m etib belgilanadi.

 Shuningdek, 2021 yil yakunigacha Jizzax davlat universiteti hamda Farg`ona davlat universitetida uzumchilik va vinochilik rivojlangan xorijiy davlatlar OTMlari bilan hamkorlikda qo`shma fakultet tashkil etiladi. 

    Boshqa yangiliklar