Yurtimizda 1 million 211 ming nafardan ortiq fuqaro koronavirusga qarshi to`liq emlandi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
️31 iyulda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 247 059 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 183 860 nafarni,
- 2-bosqich emlanganlar 46 090 nafarni,
- 3-bosqich emlanganlar 17 109 nafarni tashkil qildi.
️Ayni kungacha mamlakatimizda jami 7 681 748 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 4 987 958 nafarni,
- 2-bosqichda emlanganlar 1 929 460 nafarni,
- 3-bosqich emlanganlar 764 330 nafarni tashkil qildi.
️Shu kungacha to`liq emlangan fuqarolar 1 211 019 nafarni tashkil qilmoqda.
31 iyul kunidagi emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:
- Andijon viloyati (28 776 doza),
- Toshkent viloyati (27 889 doza),
- Farg`ona viloyati (27 085 doza) band qildi.
Jami emlashlar bo`yicha yuqori ko`rsatkichlar:
- Farg`ona viloyatida 984 369 doza,
- Namangan viloyatida 977 069 doza,
- Andijon viloyatida 853 945 dozani tashkil qilmoqda.
Emlash jarayonlari davom etadi.






