O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarining kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 35-40° ni tashkil etadi.
Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo 36-38° gacha isiydi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 25-30° bo`ladi.
Kutilayotgan mahalliy yomg`irlar hisobiga respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida SEL KELIShI XAVFI BOR.






