Germaniya kansleri Angela Merkel bilan selfiga tushgan yigitni Bryussel teraktlari tashkilotchisiga o`xshatganlari haqida xabar berilgan edi. 19 yoshli suriyalik Anas Modamani bunday o`xshatishlarga o`z munosabatini bildirdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Suriyalik Anas Modamani Bryusseldagi hudkush terrorchi Najim Lashrauga qiyoslaganlaridan xafa bo`lganini aytdi. U boshida bundan biroq hayiqdi ham. Anas Germaniya huquq-tartibot organlari xodimlari uning uyida tintuv o`tkazib, keltirilayotgan taxminlarga u qanchalik aloqador ekanligini aniqlashlarini kutgandi.
Modamanining aytishicha, u Damashqdagi portlashlar oqibatida o`z yurtini tark etishga majbur bo`lgan. Germaniyaga u 2015 yilning sentyabr oyida kelgan.
2016 yilning boshidan beri u Berlinda yashaydi va nemis tilini o`rganish uchun kurslarga qatnaydi. U shu erda oila qurishni istashini bildirgan.
Ma`lumot uchun, 19 mart kuni Belgiya poytaxti Bryussel shahrida bir nechta mudhish teraktlar sodir bo`ldi.





