AsosiyJamiyat

O`zbekistonga Airbus vertolyotlari olib kelindi

'O`zbekistonga  Airbus vertolyotlari olib kelindi'ning rasmi

O`zbekistonga fuqarolik aviasiyasi uchun Airbus vertolyotlari olib kelinishi bo`yicha ko`p marta xabarlar berilgan.

Joriy yil fevral oyida transport vaziri o`rinbosari Jasurbek Choriev hamda  Airbus International kompaniyasining Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo`yicha vise prezidenti Jak Garrig o`rtasida Airbus Helicopters kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariluvchi to`rtta vertolyot xarid qilinayotgani to`g`risida ma`lumot tarqatilgandi. 

Bu vertolyotlardan birinchisi 4 iyunda, ikkinchi 12 iyunda O`zbekistonga etib kelgan va shu kungacha rasmiylashtirish jarayoni o`tkazilgan. Keltirilgan bu vertolyotlar N-125 modelda bo`lib, oktyabr oyida etib kelishi rejalashtirilayotgan, N-130 modeldagi qolgan ikkita vertolyot birmuncha yirikroq o`lchamda bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar