AsosiyJamiyat

Hafta oxirigacha O`zbekistonda havo harorati asta-sekin ko`tariladi. Yana anomal issiq takrorlanadimi?

'Hafta oxirigacha O`zbekistonda havo harorati asta-sekin ko`tariladi. Yana anomal issiq takrorlanadimi?'ning rasmi

"O`zgidromet" ma`lumotiga ko`ra, bugun O`zbekiston hududining katta qismida quruq va o`rtacha issiq ob-havo bo`lishi kutilmoqda, faqat eng chekka sharqiy hududlarda bulutlilikning konvektiv rivojlanishi kuzatiladi. Buning hisobiga Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida, shuningdek respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli mahalliy yomg`ir yog`adi. Peshinga kelib, termometr ko`rsatkichi 36-39° gacha ko`tariladi, bu avgust oyi boshidagi me`yordan 3-4° ga yuqori bo`ladi.

Ertaga va ish haftasining oxirigacha tekislik hududlarda havoning o`rtacha issiq bo`lishi davom etadi, havo harorati asta-sekin ko`tariladi, ammo ushbu kunlardagi anomal harorat iyul oyining eng issiq davridagidek ahamiyatli emas.

 

    Boshqa yangiliklar