1

O`zbekistonda homilador va emizikli ayollar nima uchun emlanmayotganiga izoh berildi

Salomatlik 02.08.2021, 15:10
Teglar: vaksina
O`zbekistonda homilador va emizikli ayollar nima uchun emlanmayotganiga izoh berildi

AOKAda o`tkazilgan matbuot anjumanida Innovasion rivojlanish vaziri o`rinbosari Shahlo Turdiqulova homilador va emizikli ayollar nima uchun emlanmayotganini tushuntirdi: 

"Buning asosiy sababi — koronavirusga qarshi vaksinalarning klinik sinovlari homilador va emizikli ayollarda o`tkazilmagan. Chunki Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti talabiga ko`ra, klinik sinovlar aholining qaysi qatlamida o`tkazilgan bo`lsa, vaksinalar ham o`sha qatlam orasida qilinishi lozim.  

Bundan tashqari, bugungi kunda bu borada butun dunyo olimlari, xususan, o`zimizda ham emizikli ayollarni emlash bo`yicha o`rganishlar olib borilmoqda. Masalan, emizuvchi hayvon — sigirlarda vaksinalar sinovdan o`tkazildi, hozircha hech qanday nojo`ya ta`sir sezilmadi. Emlangan sigir sutida antitanachalar topildi. Bu — emizuvchilar emlangan taqdirda, kasallikka qarshi immunitet uning bolasiga ham o`tadi, degani.  

O`ylaymanki, keyingi bosqich sinovlarda emizikli ayollarga ham qo`llash mumkin. Hozirgacha bo`lgan tadqiqotlar nojo`ya ta`siri yo`q ekanini ko`rsatmoqda". 

Sharhlar

O`zbekistonda yana 6 172 770 doza ZF-UZ-VAZ 2001 vaksinasi emlash jarayonlariga yo`naltirildi

19.05.2022, 14:53

O`zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksinalar miqdori ko`paydi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Ma`lum qilinishicha, O`zbekistonda ishlab chiqarilgan 6 172 770 doza...
Kecha O`zbekistonda koronavirusga qarshi 142 800 doza vaksina qo`llanildi – SSV

15.01.2022, 10:36

Yurtimizda  COVID-19ga qarshi qo`llanilgan vaksina miqdori 40,5 million dozadan oshdi.14 yanvarda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 142 800 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:1-bosqich emlanganlar 142 800...
O`zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi qo`llanilgan jami vaksinalar soni 39,6 million dozadan oshdi

08.01.2022, 12:43

7 yanvarda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 154 024 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:1-bosqich emlanganlar 19 069  nafarni,  2-bosqich emlanganlar 71 408  nafarni,3-bosqich emlanganlar 63 547...
Pfizer vaksinasi bilan emlanganlar soni ma`lum qilindi

31.12.2021, 13:05

30 dekabr holatiga ko`ra, yurtimizda 623 094 doza Pfizer vaksinasi bilan 12 yoshdan 18 yoshgacha bo`lgan bolalar ixtiyoriy ravishda emlandi.Ulardan:1-bosqich emlanganlar 439 880 nafarni,2-bosqich emlanganlar...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1