AsosiyJamiyat

"Ko`chada qolgan ayol"ning holati Senat tomonidan o`rganilmoqda

'"Ko`chada qolgan ayol"ning holati Senat tomonidan o`rganilmoqda'ning rasmi

Joriy yilning 1 avgust kuni internet tarmoqlarida Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 7 yoshli bolasi bilan ko`chada qolgan ayol haqidagi videomaterial tarqalgan.

Unda Shahnoza ismli ayol 7 yoshli farzandi bilan yoz faslida ko`chada qolishi, ishlab pul topib, qish faslida yiqqan pullariga ijarada turib, kun o`tkazishi va moddiy shart-sharoiti og`ir ahvolda ekanligi aytilgan.

Oliy Majlisi Senatining xabar berishicha, ayolning shart-sharoiti shu kunning o`zidayoq o`rganilgan.

"Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, fuqaro Namangan viloyatidan Toshkent viloyatiga kelin bo`lib tushgan. Bu boradagi ma`lumotlar ichki ishlar organlari tomonidan o`rganilmoqda. Tezkor ko`rilgan choralar natijasida fuqaro Yunusobod tumani “Otchopar-1” mahallasidagi yotoqxonaga vaqtincha joylashtirildi. Fuqaroning turmushidagi holati, shart-sharoiti batafsil o`rganilgandan so`ng uy-joy bilan ta`minlash masalasi to`liq hal etiladi. "-deyiladi xabarda

O`z o`rnida, mazkur holat Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo`mitasi nazoratida o`rganilmoqda. O`rganish natijasi yuzasidan batafsil axborot taqdim etiladi.

Boshqa yangiliklar