AsosiyDunyo

Qozog`istonning olti yirik shahrida karantin cheklovlari kuchaytirildi

'Qozog`istonning olti yirik shahrida karantin cheklovlari kuchaytirildi'ning rasmi

Qozog`iston koronavirus bilan bog`liq vaziyat og`irlashgani sabab, bugun, 2 avgustdan boshlab respublikaning 6 ta yirik shaharlarida, shu jumladan, poytaxt Nur-Sultonda cheklovni kuchaytirdi. Infeksiyani nazorat qilish bo`yicha idoralararo komissiya ma`lumotlariga ko`ra, mamlakatdagi kunlik kasallanishning 65 foizi va kunlik o`limning 55 foizi cheklov kuchaytirilgan 6 shaharga to`g`ri kelgan.

Ma`lumot uchun cheklovni kuchaytirish tartibi, Infeksiyani nazorat qilish bo`yicha idoralararo komissiyaning 27 iyul kungi qaroriga binoan joriy etildi.

Qarorga ko`ra, Nur-Sulton, Olmaota, Chimkent, Atirau va Qarag`anda shaharlarida karantin choralarini kuchaytirildi. Xususan, Ashyq loyihasida qatnashmaydigan barcha korxona va tashkilotlar faoliyati to`xtatiladi. Markaziy davlat idoralari, ma`muriyatlar, huquq-tartibot organlari, sog`liqni saqlash muassasalari, ommaviy axborot vositalari, oziq-ovqat do`konlari, dorixonalar va hayotni ta`minlaydigan tashkilotlar faoliyati davom etadi.

Bundan tashqari, ko`ngilochar, sport, oilaviy, xotira va boshqa ommaviy tadbirlarni o`tkazishga taqiq joriy etiladi. Shu bilan birga, davlat idoralari, idoralar, milliy kompaniyalar va boshqa tashkilotlar xodimlarining 80 foizi masofadan ishlashga o`tkazilishi lozim. Oxirgi uch oy ichida koronavirusga qarshi emlangan va kasallikdan tuzalgan xodimlar bundan mustasno.

Qozrog`istonning 18,9 millionga yaqin aholisidan pandemiya boshidan buyon 580 379 kishida koronavirus aniqlangan, 478 277 bemor kasallikdan tuzalgan, 5957 kishi vafot etgan.

Mamlakatda 5 408 959 kishi koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasini qabul qilgan. 3 799 879 nafar fuqaro to`liq emlangan.

Risolat MAXSIMOVA tayyorladi

    Boshqa yangiliklar