“Toshkent transporti" nomli mobil ilova ishga tushirildi. Bu haqda Transport vazirligi ma`lum qildi.
Xabarga ko`ra, ushbu mobil ilova foydalanuvchilari shahar jamoat transporti avtobuslarning harakatini real vaqt rejimida kuzata oladi.
Yo`lovchilar o`zlariga eng yaqin bo`lgan oraliq bekatlari to`g`risidagi ma`lumotga ega bo`lgan holda manziliga etib olishning eng maqbul usulini aniqlashi mumkin.
Shuningdek, yagona transport kartalarini sotish shahobchalari joylashuvini tezkorlik bilan topish va ushbu manzilga harakatlanuvchi avtobus yo`nalishini ko`rish
Shaxsiy transport vositasidan foydalanmagan holda yo`nalishning A nuqtadan B nuqtasiga borish bo`yicha aniq qo`llanmaga ega bo`lishlari mumkin.






