AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda havo biroz bulutli bo`ladi

'Bugun O`zbekistonda havo biroz bulutli bo`ladi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 35-40° gacha isiydi.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 37-39° bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda kunning ikkinchi yarimda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 27-32° bo`ladi.
Kutilayotgan mahalliy yomg`irlar hisobiga respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida SEL KELIShI XAVFI BOR.

 

    Boshqa yangiliklar