Termiz shahrida 2021 yil 16 iyul kuni, Termiz tumani “Gulbahor” mahallasida yashovchi, X.Ozoda viloyat IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda o`ziga oldindan tanish bo`lgan, Termiz tumani “Navro`z” mahallasida yashovchi, S.Ma`ruf “O`zbekistontemiryo`llari” AJda ishlovchi tanishlari orqali 600 (olti yuz) AQSh dollari evaziga ishga kiritib qo`yishligini aytib, ushbu pullarni berishini talab qilayotganligini ma`lum qilgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Holat yuzasidan 16 iyul kuni viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari ishtirokida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, S.Ma`ruf Termiz shahar “Alpomish” mahallasi hududida, X.Ozodadan 600 (olti yuz) AQSh dollaridan 1.000.000 (bir million) so`m pullarni olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 25 iyul kuni S.Ma`rufga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






