AsosiyJamiyat

Test o`tkaziladigan stadion va xiyobonlar bo`yicha ma`lumotlar e`lon qilindi

'Test o`tkaziladigan stadion va xiyobonlar bo`yicha ma`lumotlar e`lon qilindi'ning rasmi

Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga 2021-2022-o`quv yili uchun oliy ta`lim muassasalarining bakalavriat ta`lim yo`nalishlariga kirish test sinovlari o`tkaziladigan stadion va xiyobonlar bo`yicha ma`lumot berildi.

Unda quyidagi ma`lumotlar aks etgan:

  • Stadion yoki xiyobonning rasmi;
  • Hududga kirish joylari;
  • Stadion yoki xiyobon nomi;
  • Stadion yoki xiyobon manzili;
  • Sektor raqami;
  • Test topshiradigan guruhlar;
  • Stadion yoki xiyobonning google xaritadagi geolokasiyasi.

Test sinovlarini o`tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar:

 https://dtm.uz/page/maydon_2021

Yuqoridagi sahifadan tegishli hududni tanlab, mazkur hududdagi test sinovlari o`tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar bo`yicha ma`lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar