AsosiyJamiyat

Prezident majburiy emlashga oid qonunni imzoladi

'Prezident majburiy emlashga oid qonunni imzoladi'ning rasmi

“O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta`minlashga qaratilgan o`zgartishlar va qo`shimcha kiritish to`g`risida”gi Qonun  Prezident tomonidan imzolandi.

 Qonun bilan Mehnat kodeksining 113-moddasiga  xodim karantinli va yuqumli kasalliklar tahdidi bo`lganda Bosh davlat sanitariya vrachi qarori asosida profilaktik emlashdan o`tishni rad etsa (qarshi ko`rsatma mavjud bo`lmaganda) ish beruvchi uni ishga qo`ymaslikka haqli ekanligiga oid ko`shimcha kiritildi.

“Fuqarolar sog`lig`ini saqlash to`g`risida”gi Qonunga (https://www.lex.uz/docs/26013) kiritilgan qo`shimchaga ko`ra karantinli va xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi bo`lganda Bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida aholini profilaktik emlashdan o`tkazish joriy etilishi belgilandi.

️ Qonun rasmiy e`lon qilingandan so`ng kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar