AsosiyJamiyat

Shahrisabzdagi poliklinikada vaksina olmoqchi bo`lgan fuqaroni haydab chiqazishdimi?

'Shahrisabzdagi poliklinikada vaksina olmoqchi bo`lgan fuqaroni haydab chiqazishdimi?'ning rasmi

“Xalq ovozi” telegram kanalida e`lon qilingan videomurojaatda fuqaro Shahrisabz shahri 2-oilaviy poliklinikada koronavirusga qarshi vaksina olmoqchi bo`lgani, ammo u erdagi xodimlar unga qo`pol muomalada bo`lib, haydab chiqarishganini, bu erda sharoit ham qoniqarli emasligini ma`lum qilgan. Mazkur murojaat yuzasidan Qashqadaryo viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati quyidagilarni ma`lum qildi.

"Videomurojaatda qayd etilgan holat joriy yilning 26 iyul kuni Shahrisabz shahridagi 2-oilaviy poliklinikada emas, 1-oilaviy poliklinikada sodir bo`lgan.

Shu kuni murojaat muallifi, fuqaro B.R. mazkur poliklinikadagi emlash punktiga  koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina olish uchun murojaat qilib, o`zi va qarindoshlari uchun 5 ta “Sputnik V” vaksinasini berishlarini talab qilgan. Tibbiyot xodimlari mazkur turdagi vaksina avval shunday vaksina bilan emlanganlarga taqsimot qilib bo`linganidan so`ng berilishini, mazkur emlash punktida o`sha paytda fuqarolar  ZF-UZ-VAS 2001 va “AstraZeneca” bilan emlanayotganini tushuntirishga harakat qilishgan. Ammo fuqaro ularning gaplariga quloq solmasdan janjal ko`targan.

Emlash xonasining 2 nafar hamshirasiga fuqaro bilan muloqotda tegishli deontologiya qoidalariga amal qilmaganliklari uchun “hayfsan” intizomiy jazosi berildi.

Qayd etish zarurki, Shahrisabz shahridagi 1-oilaviy poliklinika binosi 1968 yilda qurilgan. Joriy yilda mazkur poliklinikaning 150 qatnovga mo`ljallangan binosini  qayta qurish uchun mahalliy byudjetdan mablag` ajratilgan. Ayni paytda bu erda qurilish-ta`mirlash ishlari boshlanganligi sababli xonalar etishmasligi va boshqa noqulayliklar kuzatilgan. Mazkur noqulayliklarga barham berish berish bo`yicha zarur choralar ko`rildi"

    Boshqa yangiliklar