AsosiyJamiyat

Kichik hajmli kemalarni ro`yxatdan o`tkazish qoidalari tasdiqlandi

'Kichik hajmli kemalarni ro`yxatdan o`tkazish qoidalari tasdiqlandi'ning rasmi

“Kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanishni ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori (484-son, 02.08.2021 y.) qabul qilindi.

Qaror bilan Kichik hajmli kemalarni ro`yxatdan hamda texnik ko`rikdan o`tkazish qoidalari tasdiqlandi.

Kichik hajmli kema – asosiy dvigatellari quvvati 55 kVt (75 ot kuchi) va yo`lovchi sig`imi 12 kishidan ortiq bo`lmagan o`ziyurar kemalar, osma motorli kemalar, suv motosikllari (gidrosikllar), yuk ko`tarish qobiliyati 80 registr tonnadan ortiq bo`lmagan o`ziyurmas kemalar (eshkakli qayiqlar va suv velosipedlari), elkanli kemalar havo bosimi bilan to`ldiriladigan yoki shishiriladigan motorsiz eshkakli qayiqlar.

Jismoniy yoki yuridik shaxs kichik hajmli kema xarid qilganda texnik holatidan qat`i nazar, ro`yxatdan o`tkazish uchun tegishli hududiy boshqarmaga 30 ish kunida murojaat etadi.

 Kemani ro`yxatdan o`tkazishni Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Kichik xajmli kemalar” axborot tizimi orqali ham amalga oshirish mumkin.

Arizalar 1 ish kunida ko`rib chiqiladi.

Shunga ko`ra, kichik hajmli kema dastlabki texnik ko`rikdan o`tkaziladi va kema bileti rasmiylashtiriladi.  

Kemalarni ro`yxatdan o`tkazish uchun quyidagicha to`lovlar undiriladi:

- motorli kichik hajmli kemalarni ro`yxatdan o`tkazish (qayta ro`yxatdan o`tkazish) – BHMning 20 foizi (49 ming so`m);

- motorsiz kichik hajmli kemalarni ro`yxatdan o`tkazish (qayta ro`yxatdan o`tkazish) – BHMning 10 foizi (24 500 so`m);

- kema bileti dublikatini berish – BHMning 10 foizi (24 500 so`m).

Ro`yxatdan o`tkazilmagan kemalardan foydalanish taqiqlanadi. 

    Boshqa yangiliklar