AsosiyJamiyat

Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari kuni ma`lum qilindi

'Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari kuni ma`lum qilindi'ning rasmi

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari kuni ma`lum qilindi

Bu haqda Agentlik axborot xizmati xabar berdi. 

Unga ko`ra, imtihonlar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab hududida o`tkaziladi.

 Imtihon kunlari:

- Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati – 7- avgust

- Mirzo Ulug`bek nomidagi fizika, matematika, astronomiya va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktab – 8-9-avgust

- Muhammad al Xorazmiy nomidagi Axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabi – 10-12-avgust  

Imtihonlar 3 smenada – 08:00, 12:00, 16:00 da o`tkaziladi.

 Imtihon vaqti haqida talabgorlarga 2-avgust kunidan boshlab sms-xabarnoma yuborilmoqda.  

Sms-xabarnomani qabul qilgandan so`ng ariza.piima.uz saytidagi “Shaxsiy kabinet”dan Ruxsatnomani yuklab, chop etib olishingiz shart!

Imtihonga talabgor tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnoma va Ruxsatnoma bilan kelishi lozim.

Imtihon o`tkaziladigan manzil: Toshkent, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko`chasi.

 

    Boshqa yangiliklar