AsosiyJamiyat

O`tkir Hoshimov asarlari turk tilidа chop etilmoqda

'O`tkir Hoshimov asarlari turk tilidа chop etilmoqda'ning rasmi

 2020 yil 2 dekabr kuni Prezidentning “O`zbekiston xalq yozuvchisi O`tkir Hoshimov tavalludining 80 yilligini nishonlash to`g`risida”gi qarori e`lon qilingan edi. Ushbu hujjatda o`zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga unutilmas hissa qo`shgan atoqli adib va jamoat arbobi, O`zbekiston xalq yozuvchisi O`tkir Hoshimov ijodiy merosining yosh avlodni muhabbat ruhida tarbiyalash borasidagi ulkan ahamiyati ta`kidlanib, adib tavalludining 80 yilligini nishonlash bilan bog`liq tadbirlar rejasida adibning qoraqalpoq, rus va boshqa xorijiy tillarga tarjima qilingan asarlarini nashrga tayyorlash va chop qilish ham belgilab qo`yilgan edi.

 Mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish yo`lida bugun Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida ham bir qator ishlar qilinyapti. Bu haqda O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati xabar qilmoqda.

Ma`lum qilinishicha, universitetning “Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika” kafedrasi dosenti, tarjimon Xayrulla Hamidov va uning shogirdlari tomonidan adibning bir qancha mashhur hikoyalari va asarlaridan parchalar turk tiliga o`girildi. Bu asarlar “Ötkir Haşimov. Seçme Hikâyeler” (“O`tkir Hoshimov. Tanlangan hikoyalar”) nomi ostida chop etildi. Kitobga universitet rektori G.Rixsieva so`zboshi yozgan.

"Kitobga Xayrulla Hamidov shogirdlarining tarjimalari ham saralab olingan. Xususan, un buyuk so`z ustasining “Yanga”, “Tasodif”, “Urushning so`nggi qurboni”, “Baxt”, “G`aroyib sayohat” va boshqa hikoyalari, shuningdek, mashhur “Dunyoning ishlari” va “Daftar xoshiyasidagi bitiklar” nomli asarlaridan parchalar, adib asarlarida bot-bot qo`llanilgan purma`no hikmatli so`zlarining turkcha tarjimalari o`rin olgan."-deyiladi xabarda.

Boshqa yangiliklar