Joriy yilning 23 iyul kuni Davlatimiz Rahbari boshchiligida “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari to`g`risida” o`tkazilgan kengaytirilgan videoselektor yig`ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida, respublikamizning barcha hududlarida mahalliy mutasaddilar uchun maxsus o`quv seminarlar tashkil etilmoqda.
“Zoom” platformasi orqali tashkil etilayogan seminarlarda markaziy studiyalardan viloyat hokimlari, ularning tegishli o`rinbosarlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari hamda aholi murojaatlari bilan ishlash bo`yicha mas`ul xodimlar ishtirok etishyapti.
Joylardagi studiyalardan esa shahar va tumanlar hokimlari va ularning birinchi o`rinbosarlari tumandagi sektor rahbarlari va tashkilot boshliqlari qatnashyapti.
O`quv seminarlar dvaomida videoselektorda berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan ma`ruzachilar so`zga chiqishmoqda.
Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o`rinbosari Baxtiyor Islamov, “Aholi murojaatlari bilan ishlashdagi dolzarb muammolar”, Prezident Administrasiyasi mas`ul xodimlari Farhod Azizov “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil etish” hamda Sarvar Mamadiev “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to`g`risida”gi Qonun hujjatlari yuzasidan yig`ilish ishtirokchilariga batafsil ma`lumot berib o`tyaptilar.
Tashkil etilgan mazkur seminarda aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosini o`z vaqtida ta`minlash bo`yicha amaliy ko`mak va ko`rsatmalar ham berilyapti.
Ma`ruzalar bilan bir qatorda joylarda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil etish bo`yicha hokimliklar qoshida “Tezkor shtab”lar tuzilyapti. “Tezkor shtab” rahbari viloyat hokimi bo`lib, shtab faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, Davlat Rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar hamda yuqori tashkilotlar tomonidan yuborilgan topshiriq va tavsiyalar ijrosini ta`minlaydi. Sayyor va shaxsiy qabullar o`tkazadi.
Shtablar tarkibiga mutasaddi tashkilotlardan buyruq asosida ijrochi xodim ajratilyapti. Shtabning ijro hujjatlarini elektron bazaga kiritish uchun 4 ta kompyuter va 4 ta printer hamda 4 ta xodima ajratildi. Tuzilgan dalolatnomalar bo`yicha ma`lumotlar Xalq qabulxonasiga va viloyat shtabiga o`z vaqtida taqdim etilmoqda.
“Tezkor shtab” guruhi elektron bazasiga kiritish, korxonalar tomonidan qayta o`rganilgan murojaatlar to`g`risidagi dalolatnomalar va fuqarolarning tushuntirish hamda minnatdorchilik xatlari bo`yicha kunlik ma`lumotlarni yig`adi. Natijada ushbu ko`rsatkichlar haqqoniyligini Xalq qabulxonalari mudir va mutaxassislari o`rgangan holda hujjatlar yig`ib boriladi.
Bugungi kunga qadar o`quv seminarlar Qoraqalpog`iston, Xorazm, Samarqand, Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlarida bo`lib o`tdi.