AsosiyDunyo

Askar Akaev nima uchun Qirg`izistonga qaytganini ma`lum qildi

'Askar Akaev nima uchun Qirg`izistonga qaytganini ma`lum qildi'ning rasmi

Qirg`izistonning birinchi prezidenti Askar Akaev DMXQdagi so`roqdan keyin «Kumtor» oltin koni to`g`risidagi ish bo`yicha tergov bilan hamkorlik qilish uchun mamlakatga kelganini ma`lum qildi.

Oradan 16 yil o`tib mamlakatga qaytgan Qirg`izistonning birinchi prezidenti Askar Akaev Davlat milliy xavfsizlik qo`mitasidagi so`roqdan keyin brifingda so`zga chiqdi, deya xabar qildi «AKIpress» AA.

«Vatanga qaytish imkoniyatini berganlari uchun mamlakat rahbariyati, prezident Sadir Nurgojoevichdan juda ham minnatdorman. Men hamkorlik qilish, yordamlashish uchun keldim», — dedi u.

Askar Akaev «Kumtor» oltin koni loyihasini amalga oshirish to`g`risidagi ish bo`yicha tergovga yordam bermoqchi ekanligini ma`lum qildi.

«Men Kumtorni qanday qurganimiz, Kumtorni nima uchun qurganimiz, qanday ehtimoliy xatolarga yo`l qo`yilganini chin yurakdan, samimiy aytish uchun keldim», — deya tushuntirish berdi mamlakatning birinchi prezidenti.

Eslatib o`tamiz, Askar Akaev 2005 yilda mamlakatdan qochib ketganidan buyon Qirg`izistonda bo`lmagan. 2021 yilning iyulida DMXQ raisi Kamchibek Tashiev Askar Akaev «Kumtor» to`g`risidagi ish bo`yicha qidiruvga berilganini e`lon qildi.

Sobiq siyosatchi Rossiyada emigrasiyada yashadi va ilmiy faoliyat bilan shug`ullandi, 2006 yildan buyon Rossiya Fanlar Akademiyasining chet ellik a`zosi hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar