O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekistonda quruq, kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Maksimal harorat 35-40°, shimolda, janubda va cho`l hududlarda ba`zi joylarda 42° gacha bo`ladi.
Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo 37-39° gacha isiydi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 25-30° bo`ladi.
Kutilayotgan mahalliy yomg`irlar hisobiga respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida SEL KELIShI XAVFI BOR.






