2021 yil 1 avgust kuni soat 15:00 larda, Toshkent-O`sh yo`lining 245 km.da, Pop tumani Qo`shminor mahallasi hududida o`lim bilan bog`liq YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, Andijon viloyatida yashovchi, 1978 yilda tug`ilgan ayol boshqaruvidagi Neksiya rusumli avtomashinani ishonch qog`ozi bilan Toshkent-Vodiy yo`nalishi bo`ylab boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta`minlay olmasdan, yo`lning chetidagi pastlikka tushib ketgan. Natijada, haydovchi bosh miya ochiq shikasti va avtomashinada bo`lgan yo`lovchilar, 2010 yilda tug`ilgan qizi bosh miya chayqalishi hamda Andijon viloyatida yashovchi, 1973 yilda tug`ilgan ayol bosh miya yopiq shikasti tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilganlar. Shu avtomashinada bo`lgan yo`lovchi mahalladoshi, 1962 yilda tug`ilgan ayol voqea joyida vafot etgan.
Ushbu holat bo`yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 1 avgust kuni O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






