Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo`mitasi Chorvachilik sohasining o`tgan 2017-2020 yillardagi holati va 2021-2026 yillarda rivojlanish tendensiyalari to`g`risida ma`lumotni taqdim etdi.
Ma`ulm qilinishicha, chorvachilik sohasining 2017-2020yillar davomidagi rivojlanish yo`nalishi o`sish dinamikasi bilan ajralib turgan bo`lsa, keyingi 2021-2026 yillarda jadal rivojlanish dinamikasi bilan ajralib turadi.
Jumladan, loyihalarning amalga oshirilishi hisobiga yirik chorvachilik komplekslari ortib boradi natijada fermer xo`jaliklari tomonidan etishtiriladigan chorvachilik mahsulotlarining ulushi (2016 yilga nisbatan 4,5 foizdan) 20 foizga, buning hisobidan sut va go`sht mahsulotlarini qayta ishlash (2016 yilga nisbatan 3,4 foizdan)57 foizga etkaziladi.
Joriy yilda barcha toifa xo`jaliklarida parvarish qilinayotgan qoramollarning 92,7 foizi (2017-2018 yillarda 95,5 foiz) aholi xonadonlariga, 7,3 foizi (2017-2018 yilda 4,5 foiz) fermer xo`jaliklariga to`g`ri kelmoqda.
2017-2018 yillarda chorvachilik sohasining YaIMdagi ulushi 45,6 foizdan 48,5 foizga va qiymati esa 141 foizga oshgan bo`lsa, 2021-2026 yillarda YaIMdagi ulushi 48,5 foizdan 55 foizga, qiymati esa 165 foizga oshirilishi rejalashtirilgan.
O`tgan davr mobaynida chorvachilik faoliyati bilan shug`ullanuvchi aholi soni 1,7 mln. bo`lgan bo`lsa, joriy yilda 2,5 mln, 2026 yilda 6,5 mln.nafarni tashkil etadi.
Bundan tashqari, joriy yilning o`zida qiymati 7 trln. 122 mlrd. so`mlik 1 828 ta loyihalar amalga oshirish rejalashtirilgan. Bugungi kun holatiga ko`ra 3 trln. 703 mlrd. so`mlik (52foiz) 1 131 ta loyiha (62foiz) amalga oshirilib, natijada yangidan 18ming 200ta ish o`rinlari yaratildi.
Amalga oshirilgan loyihalar doirasida xorijiy davlatlardan 81 ming 276bosh qoramollar hamda 73 ming 903 bosh qo`y-echkilar olib kelindi.
(2017-2019 yillar davomida umumiy qiymati 2,8 trln. so`mlik 368ta loyiha amalga oshirilgan. Loyiha doirasida 70ming bosh qoramol olib kelinib, 1 100 nafar ish o`rinlari yaratilgan).
Bundan tashqari chet davlatlardan keltirilgan go`sht yo`nalishidagi tez etiluvchan qoramollarning Aberdin-angus, Sharole, Gereford va Limuzin kabi yangi zotlarni ko`paytirish choralari keng ko`lamda olib borilmoqda.
Xususan, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm viloyatlarida bunday zotlardan 30ming boshdan ortig`i parvarishlanmoqda. (2017-2018 yillarda Respublikada bo`lmagan).
Shuningdek, mayda shoxli mollarning zotini yaxshilash va mahsuldorligini oshirish maqsadida qo`ylarning Merinos, Romanov, Edilboy, Dorper zotlari hamda echkilarning Angor va Zanen zotlarichet davlatlardan keltirilib, ularni bosh sonini yanada ko`paytirish choralari ko`rilmoqda.
Shuningdek, sanoat usulida sut va go`sht ishlab chiqarishga ixtisoslashgan jami 501 ta shundan 239 ta sutchilik yo`nalishida va 262ta bo`rdoqichilik yo`nalishida yirik chorvachilik komplekslari ishga tushirildi. (2017-2018 yillarda bu yo`nalishdagi chorvachilik komplekslari umuman tashkil etilmagan)
2017-2019 yillarda chorvachilikka ixtisoslashtirilgan tumanlar mavjud bo`lmagan. 2021 yilga kelib respublika bo`yicha 38ta tuman chorvachilikka ixtisoslashtirildi. Xususan, Qoraqalpog`iston Respublikasida Bo`zatov, Mo`ynoq, Taxtako`pir va Qo`ng`irot tumanlari, Toshkent viloyatida Oxangaron tumani, Qashqadaryo viloyatida Kasbi, Nishon, Mirishkor hamda Koson tumanlari.
2017-2019 yillar oralig`ida quvvati 1000 bosh va undan yuqori bo`lgan chorvachilik komplekslari mavjud bo`lmagan. 2020 yilda sohada amalga oshirilgan samarali ishlar natijasida birgina qoramolchilik yo`nalishida joriy yilning bugungi kuniga qadar quvvati 100 boshdan 300 boshgacha bo`lgan xo`jaliklar 1 ming 124 tani, 300 boshdan 500 boshgacha bo`lgan xo`jaliklar 460 tani, 500 boshdan 1000 boshgacha bo`lgan xo`jaliklar soni 256 tani, 1000 bosh va undan yuqori bo`lgan xo`jaliklar soni 136 tani tashkil etmoqda.
2021-2026 yillarga borib quvvati oshib borgan fermer xo`jaliklar soni ilovadagi ko`rsatkichga etkazilishi rejalashtirilgan.
| 500 dan 1 000gacha | 264 | 303 | 350 | 397 | 414 |
| 1 000 va undanyuqori | 143 | 190 | 210 | 230 | 250 |
| Vaboshqalar | 10392 | 10701 | 11016 | 11339 | 11666 |
| Jami | 10799 | 11194 | 11578 | 11968 | 12330 |
| 2022y. | 2023y. | 2024y. | 2025 y. | 2026y. |






