Yurtimizda shu paytgacha 8,3 million dozadan ortiq vaksina qo`llanib, 1 million 257 ming nafar kishi to`liq emlandi
3 avgustda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 308 750 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 222 083 nafarni,
- 2-bosqich emlanganlar 62 957 nafarni,
- 3-bosqich emlanganlar 23 710 nafarni tashkil qildi.
️Ayni kungacha mamlakatimizda jami 8 318 126 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 5 453 534 nafarni,
- 2-bosqichda emlanganlar 2 055 938 nafarni,
- 3-bosqich emlanganlar 808 654 nafarni tashkil qildi.
Shu kungacha to`liq emlangan fuqarolar 1 257 768 nafarni tashkil qilmoqda.
3 avgust kunidagi emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:
- Surxondaryo viloyati (36 446 doza),
- Toshkent viloyati (34 944 doza),
- Andijon viloyati (32 672 doza),
- Namangan viloyati (31 564 doza) band qildi.
Jami emlashlar bo`yicha yuqori ko`rsatkichlar:
- Farg`ona viloyatida 1 045 608 doza,
- Namangan viloyatida 1 040 493 doza,
- Andijon viloyatida 922 565 dozani tashkil qilmoqda.
Emlash jarayonlari davom etadi.






